Belgrad shahrining Milliy teatri yetakchi solisti Nevena Bridgen

2020 yil 9 fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasıda   - Nevena Bridgen! U dunyoda eng ko'p sahnalashtirilgan operalardan biri bo'lgan, Jakomo Puchchinining "Bogema" operasida Mimi rolini ijro etadi. Ushbu loyiha O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi ko'magida amalga oshirilmoqda.

Nevena Bridgen - serbiyalik opera qo'shiqchisi 1980 yil 11 aprelda Serbiyaning Belgrad shahrida tavvalud topgan. U sakkiz yoshidan pianino chalishni o'rgangan. U Belgraddagi Tasviriy san'at universitetida qo'shiqchilikni Ljudmila Gross bilan birga o'rganib, so'ngra Londonda Gyudxall musiqa va drama maktabida Sue Makkullox, Laura Sarti va Rudolf Pernay kabilar bilan birga tahsilni davom ettirgan. U kichik Guildhall musiqa va drama maktabidan Musiqa Ustasi-unvoniga ega.

Bridgen, Italyancha qo'shiq va ariya, Frantsuz musiqasi, Ingliz va Amerika qo'shig'i, German Lied, Rus qo'shig'i kabi turli xil musiqiy va vokal uslublarida keng qamrovli ishlash tajribasiga egadir.

2014 yilda Bridgen Belgrad milliy teatrida Syuzanna rolida "The Marriage of Figaro" da debyut qildi. 2015 yildan boshlab u Belgrad milliy teatrining solisti bo'lib, u erda Puchchinining "Sister Angelica" nomli operasida Anjelika singlisi, “Bastien va Bastienna” operasida Bastien, “Evgeniy Onegin” da Tatyana kabi rollarini ijro etgan.

Bridgen o'zining Amerikadagi debyutini 2015 yilning yozida Amerikaning Milliy Opera Markazida dirijyor Benoit Renard boshchiligidagi " The Marriage of Figaro” dagi grafinya rolida ijro etdi.

Bridgen, maxsus mehmon sifatida, 2019 yilda Londondagi Belgrad elchixonasida Serbiya milliy kuniga bag`ishlangan rasmiy marosimida, Belgraddagi Vena balida, shuningdek Belgrad Yoshlar markazining 50 yilligini qutlash marosimda chiqishlar qildi.

Bundan tashqari, Bridgen 2014 yil 4 iyul kuni AQSh elchixonasi qarorgohida bo'lib o'tgan rasmiy marosimda Amerika va Serbiya davlat madhiyalarini kuyladi.

U muntazam ravishda, Times, Daily Mail, BBC TV va Radio, Sky TV kabi Britaniya va Bolqon ommaviy axborot vositalarida chiqadi.

Bridgen - Westminster bloglarining asoschisi bo`lib, uning faoliyati The Times, The Guardian, Independent vitse va boshqa nashrlarda yoritiladi.

23 января 2020

Галерея

Театр кассаси: (+99871) 233-90-81, 232-19-48
Бош маъмур: (+99871) 233-33-36
Директорнинг томошабинлар бўйича ўринбосари: (+99871) 233-32-21
Театр манзили: 100029, Ўзбекистон, Тошкент ш., Зарафшон кўч., 28
Тел./факс: (+99871) 233-35-28, E-mail: info@gabt.uz, gabtuzb@mail.ru

Facebook: https://www.facebook.com/gabtnavoi/
Telegram: https://t.me/gabtuzb
Instagram: https://instagram.com/gabt.uz