Samandar Alimov: bizning vazifamiz - tomoshabinni opera dunyosiga olib kirish!

Umid, ishonch, umidsizlik, muqarrarlikni qabul qilish - bularning hammasini bir-ikki kun ichida, deyarli repetitsiyasiz, taqdim etiladigan operada tomoshabinlarga qanday yetkazish mumkin? So’z Yevropaning taniqli opera qo'shiqchisi Nevena Bridgen ijro etadigan Jakomo Puchchinining "Bogema" operasi haqida ketayapti. Operani namoishi  09.02.2020 y. Nevena Bridgen esa Toshkentga 06.02.2020 y.  yetib keldi. “Bogema” operasi ancha tayyorgarlik talab etadigan, murakkab asar. Albatta, ushbu spektakl davomida hamma uchun oson bo’lmaydi. Bir birini tanimaydigan ijrochilar sahnada ushbu operaning kechinmalarini ya’ni butun borlig’ini ifoda etishi zarur bo’ladi.  O'zbekiston xalq artisti Samandar Alimov ushbu operada bosh rol (Rudolf)ni ijro etadi. Yakshanba - ular uchun yangi sinov va hayajonga to’la bo’ladigan kun.

Samandar Alimov: - Albatta hayolimda, - qanday bo’lar ekan? - degan o’ylar aylanmoqda. Hammasi expromt shaklida bo’lsa kanday kechar ekan? Ikkinchi tarafdan, ijodkorni professionalligini, mahoratini, tajribasini ham namoyon qilish uchun bu katta sabab. Chunki, bu aniq fakt, hech qachon ko’rmagan partner bilan, bitta sahnada turib, hamnafas bo’lib duet aytish juda murakkabdir. Katta, uch soatli operani sahnada ijro etish oson narsa emas. Yelkangizga katta ma’suliyatni olasiz, chunki baribir artist partner haqida o’laydi – bir birimizga to’g’ri kelamizmi, ovozlarimiz mos tushadimi? Asardagi birgalikda ijro etiladigan duetlarimizda hamnafaslik qay tarzda amalga oshar ekan?  Buni oldindan bilib bo’lmaydi. Chunki, birinchidan, biz Nevena bilan ilk bora sahnada ijro etamiz. Ikkinchidan esa har bir ijrochining o’ziga xos ovoz darajasi mavjud. Ovozlar tembr jihati bilan ham bir biriga mos kelishi shart. Shularni o’ylaysiz, hayajonlanasiz. “Bogema” operasida men Rudolf partiyasini ijro etaman, Nevena esa Mimi rolida sahnaga chiqadi. Biz operaning bosh qahramonlarini rolini ijro etamiz. Rudolf – she’riyatga qiziqadigan oddiy talaba. She’r yozish orqali pul topib yurgan shoir bolani obrazini gavdalantiraman. Mimi – oddiy gul sotuvchi qiz. Birinchi aktda - qishning sovuq kunlari. Qiz qorong’i tushganda  sham yoqish uchun olov so’ragani keladi. Rudolf qizni birinchi ko’rganidayoq sevib qoladi.  O’sha sahnada uning maqsadi – qizni iloji boricha yonida ko’proq qolishi va u bilan ko’proq suhbat qilish bo’ladi. Shuning uchun u turli bahonalar o’ylab topadi, hattoki Mimi hushidan ketib, kalitini tushurib yuborganda, u qizning kalitini yashirib qo’yadi. Bu orada Rudolf qizning og’ir hastallikka chalinganidan bexabar bo’ladi.  Bu operaning eng chiroyli sahnalaridan biri  hisoblanadi. Musiqiy jihatidan ham, ijro jihatidan ham.  Chunki bu opera o’z ichiga sevgi, ayriliq, dard-hijron, xursandchilik, vidolashish kabi his-tuyg’ularni qamrab olgan. Spektakl oxirida esa – operaning eng fojiaviy sahnasi – bu Mimining o’limi. Juda ham ta’sirchan  sahnalar. Bular hammasi qanday kechadi, tomoshabin qanday qabul qiladi?  Opera italiyan tilida bo’lsa. Lekin bizning vazifamiz  tomoshabinni opera dunyosiga, o’sha go’zal asar olamiga olib kirish, bo’layotgan voqealarga ishontirish, qahramonga nisbatdan hamdardlik uyg’otish. Aniq bilaman, sezgir qalbi bor inson opera musiqasini tinglash jarayonida voqealarni tushunib oladi.  Hattoki musiqaning o’zi  asar nima bilan boshlanishini va nima bilan tugashini aytib beradi. Chunki musiqa dunyosi o’zining sehri bilan har bir insonning qalbiga yo’l topa oladi.   Umid qilaman-ki, Nevena Bridgen bilan birgalikdagi  ijroimiz, opera shaydolari qalbida iliq taassurotlar qoldiradi.   

9 февраля 2020

Галерея

Касса театра: (+99871) 233-90-81, 232-19-48
Главный администратор: (+99871) 233-33-36
Заместитель директора по зрителям: (+99871) 233-32-21
Адрес театра: 100029, Узбекистан, г. Ташкент, ул. Зарафшан, 28
Тел./факс: (+99871) 233-35-28, E-mail: info@gabt.uz, gabtuzb@mail.ru

Facebook: https://www.facebook.com/gabtnavoi/
Telegram:  https://t.me/gabtuzb
Instagram: https://instagram.com/gabt.uz