Ochiq eshiklar kunlariga

2020 yil 13 va 27 fevral kunlari soat 18.30-da A. Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri "Ochiq eshiklar kunlarini" o'tkazmoqda!
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining beshta tashabbuslari dasturini amalga oshirishda hamda yoshlarni san'at va madaniyatga jalb etish maqsadida teatr jamoasi tomoshabinlar uchun turli sharoitlarni yaratib bermoqda.
2020 yil 13 fevral kuni soat 18.30-da "Ochiq eshiklar kunlari" doirasida, tomoshabinlar Evropada Alfraganus nomi bilan mashhur boʻlgan buyuk o'rta asrlar olimi Ahmad al Farg'oniy hayotidan olingan tarixiy voqeaga asoslangan M. Bafoevning "Mening muhabbatim osmoni" operasini tomosha qilishlari mumkin.
2020 yil 27-fevral kuni soat 18.30-da teatrimiz sahnasida o'zbek tomoshabinlarining sevimli asarlaridan biri - S.Yudakovning "Maysaraning ishi" operasi. Kulgili hazillar va ajoyib musiqa ushbu asarga katta shuhrat keltirdi.
Biz barchani "Ochiq eshiklar kunlariga" taklif qilamiz! Teatrimizga marhamat!

6 февраля 2020

Галерея

Театр кассаси: (+99871) 233-90-81, 232-19-48
Бош маъмур: (+99871) 233-33-36
Директорнинг томошабинлар бўйича ўринбосари: (+99871) 233-32-21
Театр манзили: 100029, Ўзбекистон, Тошкент ш., Зарафшон кўч., 28
Тел./факс: (+99871) 233-35-28, E-mail: info@gabt.uz, gabtuzb@mail.ru

Facebook: https://www.facebook.com/gabtnavoi/
Telegram: https://t.me/gabtuzb
Instagram: https://instagram.com/gabt.uz