Taklif etilgan mehmonlar

Pusan shahrida 1962-yilda tug‘ilgan – koreyalik mashhur musiqachi, Seul Konsert orkestri bosh dirijyori, Pyong Tek universiteti professori, Dirijyorlar butunjahon uyushmasi Raisi, KR Pusan shahri San’at sohasidagi siyosat Raisi.

No-Te-Chol dunyoning turli malmakatlaridagi 150 dan ortiq orkestrlarda dirijyorlik qilgan va nufuzli konsert maydonlarida chiqqan. Vena «Vals-orkestri», Praga «Motsart-orkestri», Los-Anjeles  kamerniy filarmonik orkestri bosh dirijyori bo‘lgan. Vengriya simfonik orkestri, Toronto filarmoniyasi orkestri, Moskva simfonik orkestri, Ukraina milliy simfonik orkestri, Yanachek nomli filarmoniya orkestri bilan hamkorlik qilgan. Slovakiya filarmonik orkestri, Vengriya va Sofiya kamerniy orkestrlari bilan 11 ta CD yozgan. 2004 yildan No Te Chol Tatariston Respublikasi Davlat simfonik orkestri shtatdagi-taklif etilgan dirijyori bo‘lib hisoblangan. Moskva shahridagi Rossiya kompozitorlar Ittifoqi simfonik orkestriga rahbarlik qilgan. Simfonik asarlar bilan bir qatorda, dirijyorning repertuarida ko‘pgina operalar ham bor – Verdining «Rigoletto», «Traviata» va «Otello», Puchchinining «Turandot» va «Batterflyay xonim», I. Shtrausning «Ko‘rshapalak», Motsartning “Sehrli fleyta” operasi va boshqalar shular jumlasidan.

Shuningdek, rezyumeda ko‘rsatilgan ma’lumotlarga qo‘shimcha sifatida, 2013-yildan 2016-yilga qadar Ulan-Udeda Buryatiya davlat filarmoniyasi bilan hamkorlik qilgan. 2016-yildan Yoqutiston Respublikasi oliy musiqa maktabi prorektori va dirijyori hisoblanadi. No Te Chol iqtidorli yoshlar uchun ijodiy loyihalar, davlatlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlashga ko‘maklashuvchi festivallarning tashabbuskori va tashkilotchisidir.

2021-yil oktyabridan e’tiboran A. Navoiy nomidagi Davlat Akademik Katta teatrida maslahatchi dirijyor sifatida ishlab kelmoqda.


Tenor Jeongeop Seok

Seul milliy universiteti (Janubiy Koreya): bakalavr darajasi.

Hochschule für Musik Würzburg (Germaniya): magistr darajasi (Opera), professorlar Cheryl Studer va Martin Hummel

V. Bellini, «Puritanlar», Arturo:  Degu Opera teatri (2021)

J. Donitsetti, «Anna Bolena», Persi: Seul milliy opera teatri (2021)

J. Verdi, «Traviata», Alfredo: Degu opera teatri (2021),  Seul milliy opera teatri

E. Shabrie, «L’Etual», Tapioka: Bremen teatri (Germaniya, 2020)

J. Puchchini, «Bogema», Rodolfo: Puchxon san’at markazi (2018), Seul milliy universiteti muzeyi

L. Betxoven, «Fidelio», Florestan: Myunxen, Ferrari uyi (Germaniya, 2017)

E. Kalman, «Kayzerin Jozefina» Napoleon: Maynfranken Vyursburg teatri (Germaniya, 2015)

J.P. Ramo, «Ippolit va Arisiya», Ippolit: Vyursburg, Bibra teatri (Germaniya, 2015)

B. Britten, «Vintning burilishi», Kvint: Vyursburg, Bibra teatri (Germaniya, 2015)

J. Verdi, «Rigoletto», Dyuka. K. Guno, «Faust», «Faust» operasi gala-konserti: Seul san’at markazi, Seul milliy universiteti muzeyi

[Oratoriya]

G.F. Gendel, «Messiya»: Koreya

J. Verdi, «Rekviyem»: Germaniya (Bamberg)

18 апреля 2022

Галерея

Театр кассаси: (+99871) 233-90-81, 232-19-48
Бош маъмур: (+99871) 233-33-36
Директорнинг томошабинлар бўйича ўринбосари: (+99871) 233-32-21
Театр манзили: 100029, Ўзбекистон, Тошкент ш., Зарафшон кўч., 28
Тел./факс: (+99871) 233-35-28, E-mail: info@gabt.uz, gabtuzb@mail.ru

Facebook: https://www.facebook.com/gabtnavoi/
Telegram: https://t.me/gabtuzb
Instagram: https://instagram.com/gabt.uz