Taklif etilgan mehmon

Taklif etilgan mehmon bariton Aleksey Isaev "Helikon Opera", Rossiya
«Traviata» operasi dastlab muvaffaqiyat qozona olmagan, biroq qayta ishlangach, ko‘p o‘tmay eng mashhur va dong taratgan operalardan biriga aylandi. Yevropada asarni sahnalashtirish Dyumaning «Kameliya tutgan xonim» romani dunyo yuzini ko‘rishi bilan taxminan bir xil vaqtda amalga oshirildi. Opera avtobiografik yozuvlarga asoslangan roman voqealari asosida yaratilganligi bois, operaning asosiy qahramonlariga real prototiplar mos keladi. Nafaqat go‘zalligi, balki anchayin oqilaligi bilan shuhrat qozongan parijlik Mari Dyuplessi ismli mashhur kurtizanka Violettaga prototip bo‘ldi. Dyuplessining ishqibozlari orasida Aleksandr Dyuma-o‘g‘il ham bor edi. O‘g‘lining Dyuplessi bilan ajralishi va boshqa yerga ko‘chib ketishida Dyuma-ota aybdor, degan taxminlar bor. Parijga qaytgach, Dyuma-o‘g‘il mahbubasining 1847-yilda sil kasalligidan vafot etganidan xabar topadi.
2011-yildan Moskvadagi «Gelikon – opera» musiqiy teatri yakkaxon xonandasi hisoblanadi, unda 22 yoshida P.I. Chaykovskiyning "Yevgeniy Onegin" operasida Onegin partiyasini debyut sifatida muvaffaqiyatli ijro etgan.
Hozirgi vaqtda Aleksey teatr repertuaridagi 25 dan ortiq partiyalarni ijro etgan. 
2013-yilda Aleksey "Rossiya-Kultura" telekanalidagi "Katta opera" teleloyihasi finalchisi bo‘lgan.
2018-yilda Aleksey Yelena Obrazsova Jamg‘armasidan “San’atdagi ajoyib ibtido” maxsus mukofotini oladi. Mukofot "Xose Karreras Gran-pri" xalqaro tanlovi ochilishida, shaxsan Maestroning huzurida topshirilgan.
2019-yilda xonandaning Mariinsk teatridagi debyuti bo‘lib o‘tdi. u J. Verdining “Trubadur” operasidan Graf di Luna partiyasini ijro etdi. 
 
Xonanda: Latviya, Estoniya, Italiya, Frantsiya, Germaniya, Chexiya, Shveytsariya, Avstriya, Finlandiya, Qozog'iston, Tayland va O'zbekiston kabi ko'plab davlatlar sahnalarida o'z kontsert va spektakllarini namoyish qilgan.
 
Xonanda V. Gergiyev, V. Fedoseyev, V. Ponkin, M. Tatarnikov, Yu. Bashmet, A. Sladkovskiy, J. Bizanti, F. Mastranjelo, O. Diaz, V. Spivakov, K. Chudovskiy, V. Xalilov, D. Muska, S. Fermani, Ya. Latam-Kenig, E. Brajnik, S. Ranzani, A. Buribayev, Ya. Puspurikas kabi taniqli dirijyorlar bilan hamkorlik qilgan.

18 апреля 2022

Галерея

Театр кассаси: (+99871) 233-90-81, 232-19-48
Бош маъмур: (+99871) 233-33-36
Директорнинг томошабинлар бўйича ўринбосари: (+99871) 233-32-21
Театр манзили: 100029, Ўзбекистон, Тошкент ш., Зарафшон кўч., 28
Тел./факс: (+99871) 233-35-28, E-mail: info@gabt.uz, gabtuzb@mail.ru

Facebook: https://www.facebook.com/gabtnavoi/
Telegram: https://t.me/gabtuzb
Instagram: https://instagram.com/gabt.uz