Taklif etilgan mehmon

Soprano, Boshqirdiston Respublikasi xalq artisti Alfiya Karimova Ufa shahrida tug‘ilgan.
Ufa davlat san’at akademiyasini yakkaxon ijro mutaxassisligi bo‘yicha bitirgan (2005), assistentura-stajirovkani ham o‘sha yerda o‘tagan (2008).
2002-yildan – Boshqirdiston davlat opera va balet teatri xonandasi.
2008 -2012-yillarda – Novosibirsk Davlat opera va balet akademik teatri xonandasi.
2006-yildan – Abay nomidagi OBDAT (Almati, Qozog‘iston) va Jalil nomidagi Tatar TADOBT (Qozon) taklif etilgan xonandasi.
2013-yildan –"Ostona opera" (Ostona, Qozog‘iston) teatri yetakchi xonandasi.
"Oltin niqob" milliy teatr mukofoti nominanti (Moskva, 2007).
Ko‘plab xalqaro tanlovlar g‘olibi, shu jumladan:
Kamerniy ijro "Qahrabo bulbul" VI xalqaro tanlovi (2-mukofot va Motsart ariyasining eng yaxshi ijrosi uchun sovg‘a, 2004-y.);
V. Barsova nomidagi Butunrossiya tanlovi 1-mukofoti (Sochi, 2005);
Rimskiy-Korsakov nomidagi yosh opera xonandalari xalqaro tanlovi (3-mukofot, 2006, Sankt-Peterburg);
Bibigul Tulegenova tanlovi Gran-pri sovrindori (Qozog‘iston, 2007);
Fransisko Vinyas nomidagi xalqaro tanlov finalchisi (Barselona, Ispaniya, 2007);
Sobinov festivali tanlovlar tanlovi g‘olibi (Saratov, 2007);
"The Opera Ball award" mukofoti "Ayollar ichida eng yaxshi ovoz" nominatsiyasi sohibi (2015, Almati, Qozog‘iston);
Arena di Verona Jamg‘armasi Xalqaro tanlovi sovrindori (Italiya, 2013);
Xonandaning repertuaridagi partiyalar: Violetta – "Traviata", J. Verdi, Jilda – "Rigoletto", J. Verdi,
Lyuchiya – "Lyuchiya di Lammermur", G. Donitsetti, Leyla – "Marvarid axtaruvchilar", J. Bize, Myuzetta – "Bogema", J. Puchchini, Qorqiz, "Qorqiz", N. Rimskiy-Korsakov, Marfa – "Shoh kelinchagi", N. Rimskiy-Korsakov, Oskar – "Bal-Maskarad", J. Verdi, Adina – "Muhabbat sharobi", G. Donitsetti, Ajar – "Abay", Jubanov-Hamidiy, Amina – "Salavat Yulaev", Z. Ismagilov, Zaytuna – "Shoirning muhabbati", R. Axiyarova.
2007-yilda simfonik orkestr va Toskanini nomidagi akademiya xori (Palermo, Italiya) jo‘rligida Motsartning “Rekviyem” asarida soprano partiyasini ijro etish uchun taklif qilingan.
2010-yilda Londonda Qirollik simfonik orkestri jo‘rligida konsert dasturini ijro etgan.
2016-yilda Italiyada Motsartning "Don Juan" operasi sahnalashtirilishi, Donna Anna partiyasi, Genuya, Karlo Feliche teatri.
2017-yilda Ostonadagi “Ekspo” xalqaro ko‘rgazmasiga bag‘ishlangan bir qator konsertlarda qo‘shiqlar ijro etgan.
2014-yilda "Ostona opera" teatrining AQSh, Kanada, Fransiya, Niderlandiya, Belgiyaga xalqaro safari doirasidagi gastrollar.
2018-yilda "Karmina Burana" kantatasi, 2021-yil, "Karmen" spektakli, Mikaela partiyasi, Anqara, Turkiya.
Ildar Abdrazakov va F.Shalyapin nomidagi xalqaro festivallarda ishtirok etgan.
Rossiya, Qozog‘iston, Buyuk Britaniyadagi xalqaro tanlovlarda jyuri a’zosi.
Qozog‘iston milliy san’at universiteti vokal ijrosi kafedrasi dotsenti.
Alfiya KARIMOVA tinmay konsert faoliyati bilan shug‘ullanadi. Repertuarida romanslar, konsert asarlari, g‘arbiy yevropalik, rus, boshqird, qozoq, tatar kompozitorlarining vokal sikllari, xalq qo‘shiqlari bor.

18 апреля 2022

Галерея

Театр кассаси: (+99871) 233-90-81, 232-19-48
Бош маъмур: (+99871) 233-33-36
Директорнинг томошабинлар бўйича ўринбосари: (+99871) 233-32-21
Театр манзили: 100029, Ўзбекистон, Тошкент ш., Зарафшон кўч., 28
Тел./факс: (+99871) 233-35-28, E-mail: info@gabt.uz, gabtuzb@mail.ru

Facebook: https://www.facebook.com/gabtnavoi/
Telegram: https://t.me/gabtuzb
Instagram: https://instagram.com/gabt.uz