Joriy yilning 26-29 iyun kunlari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Katta teatrida har yili o‘tkazilishi rejalashtirilgan yosh baletmeysterlarning I Respublika ko’rik-tanlovi bo’lib o’tdi. Ijodiy tanlov talaba-yoshlar va xoreograflarni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, kasb mahoratini oshirish, yosh xoreograflar va umuman, xoreografiya san’atini ommalashtirish maqsadida o‘tkazilmoqda.
Umid qilamizki, yosh xoreograflar va baletmeysterlar tanlovi respublika professional madaniy hayotining rivojlanishiga katta xisa qoshadigan tadbirga aylandi.
Tanlov ishtirokchilari 3 bosqichdan o'tib, finalda Gala-konsertda ishtirok etadilar. Shuningdek, tanlov doirasida hakamlar hay’ati a’zolari va qatnashuvchilar ishtirokida muhokamalar, davra suhbatlari o‘tkazildi.
Tanlovning hakamlar hay’ati – O‘zbekiston xoreografiya san’atining yetuk namoyandalari.
Bernara KARIEVA – hakamlar hay’ati raisi, Raqslar akademiyasining xoreografiya kafedrasi professori, SSSR xalq artisti
Shokir Axmedov — O’zbekiston respublikasida xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi, Muqimiy nomidagi musiqiy drama teatrining xoreografi.
Qodir MO‘MINOV — “O‘zbekiston” ansambli bosh baletmeysteri, O‘zbekiston xalq artisti.
Feruza ISAYEVA – Musiqiy Komediya Teatrining bosh baletmeysteri (operetta teatri)
Vladislav YEGAY – tanlov mas’ul kotibi – kasaba uyushma qo‘mitasi raisi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist.
Tanlovda 11 kishi ishtirok etdi. natijada o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
1-o‘rin – Xasmanov Doniyor, Seyxalilova Maftuna.
2-o‘rin – Charyev Ravshan – Nazarova Malika, Abdullaev Tigran
3-o‘rin – Dauletbaev Yerkin, Axmedov Sardor, Abdusaidov Shahzod
Diplomlar - Sharipova Sabina, Bekmuratova Gulayi, Abduraimova Munira
1 июля 2022
Театр кассаси: (+99871) 233-90-81, 232-19-48
Бош маъмур: (+99871) 233-33-36
Директорнинг томошабинлар бўйича ўринбосари: (+99871) 233-32-21
Театр манзили: 100029, Ўзбекистон, Тошкент ш., Зарафшон кўч., 28
Тел./факс: (+99871) 233-35-28, E-mail: info@gabt.uz, gabtuzb@mail.ru
Facebook: https://www.facebook.com/gabtnavoi/
Telegram: https://t.me/gabtuzb
Instagram: https://instagram.com/gabt.uz