Gastrol safari. Italiya

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat akademik katta teatrining Italiyadagi gastrol dasturidagi navbatdagi Gala-konserti bo’lib o’tdi. Konsert buyuk bastakor Jakomo Puchchini yashab va ijod qilgan go‘zal Viarejio shahri Torre del Lagoda bo‘lib o‘tdi. Bu yerda har yili oʻtkaziladigan Puccini nomidagi festivalida dunyoning eng mashhur opera yulduzlari ishtirok etadi.
O‘zbekistonlik san’atkorlarning ijrolari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi, ular orasida festival prezidentining o‘zi ham bor edi. San’atkorlarimizning mahorati va hissiyotli taqdimoti tomoshabinlarni o‘ziga rom etib, ijroning yuksak sifati va O‘zbekiston opera madaniyati boyligini namoyon etdi.
Ushbu muvaffaqiyatli konsert natijasida teatrimiz navbatdagi festivalga ishtirok etish uchun taklif qilindi, bu esa san’atkorlarimiz iste’dodining xalqaro miqyosda e’tirof etilganining tasdig‘i va salmoqli yutuq bo‘ldi. Ushbu tadbir nafaqat mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamladi, balki san’at sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlarni ochdi.

5 декабря 2024

Галерея

Театр кассаси: (+99871) 232-19-48
Бош маъмур: (+99871) 233-33-36
Директорнинг томошабинлар бўйича ўринбосари: (+99871) 233-32-21
Театр манзили: 100029, Ўзбекистон, Тошкент ш., Зарафшон кўч., 28
Тел./факс: (+99871) 233-35-28, E-mail: info@gabt.uz, gabtuzb@mail.ru

Facebook: https://www.facebook.com/gabtnavoi/
Telegram: https://t.me/gabtuzb
Instagram: https://instagram.com/gabt.uz