Jahon opera yulduzlari bilan konsert

Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist, Boshqirdiston xalq artisti Asqar Abdrazaqov va O‘zbekiston xalq artisti Ramiz Usmonovlarning konserti katta muvaffaqiyatlarga erishdi!

Ularning yorqin va ta’sirchan ijrolari, teatr yetakchi yakkaxonlarining iste’dodi, maestro Vyacheslav Chernuxo-Volich boshchiligidagi simfonik orkestr ajoyib muhit yaratdi.

Har bir san’atkorlarning ijrosi tomoshabinlarni sehr va go’zallik bilan to‘ldirib, barcha yig‘ilganlar qalbida unutilmas taassurot qoldirdi. Konsert sóngiga qadar tinmasdan chalingan qarsaklar tomoshabinlarning zavqi va minnatdorchiligini kòrsatdi!

Ushbu konsert opera san’ati ixlosmandlari uchun chinakam tuhfa bo‘ldi. Asqar Abdrazaqov, Ramiz Usmonov, solistlar Latife Abieva, Ma’suma Boltaboeva, Umid Isroilov va teatr simfonik orkestriga yuksak iste’dod va mahorat uchun chin dildan minnatdorchilik bildiramiz!

29 ноября 2024

Галерея

Театр кассаси: (+99871) 232-19-48
Бош маъмур: (+99871) 233-33-36
Директорнинг томошабинлар бўйича ўринбосари: (+99871) 233-32-21
Театр манзили: 100029, Ўзбекистон, Тошкент ш., Зарафшон кўч., 28
Тел./факс: (+99871) 233-35-28, E-mail: info@gabt.uz, gabtuzb@mail.ru

Facebook: https://www.facebook.com/gabtnavoi/
Telegram: https://t.me/gabtuzb
Instagram: https://instagram.com/gabt.uz