Tabriklaymiz!

Bugun, butun jahon teatr jamoatchiligi Xalqaro teatr kunini nishonlayotganda, A. Navoiy nomidagi Katta teatrda har yili anʼanaviy tarzda oʻtkazilib kelayotgan Ochiq eshiklar kunlari tadbiri oʻz nihoyasiga yetdi. Har bir spektakl ko‘tarinki ruhda bo‘lib oʻtdi va spektakl yakunida san’atkorlarga qarsak-olqishlar yog‘ildi. Shu kunlarda sahna san’ati ixlosmandlariga teatrning eng sara spektakllari taqdim etildi. Har kuni tomoshaga kirmoqchi boʻlgan xohlovchilar soni o‘rindiqlardan ko‘ra ko‘proq boʻldi. Teatr ma'muriyati har bir kelgan kishi spektaklni tomosha qilishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga soldi. Tomoshabinlarning gulduros qarsaklari va koʻrganlaridan hayratga to'la nigohlari minnatdorchilik va zavqlanish so'zlaridan ko'ra yaxshiroq ifoda etadi.
A. Navoiy nomidagi Katta teatrining tomoshabinlar uchun hali tuxfalari koʻp. Ochiq eshiklar kunida spektakllarga tashrif buyurgan har qanday tomoshabin teatrning www.gabt.uz saytida o‘z sharhini qoldirishi mumkin.
Eng yaxshi taqriz mualliflari A. Navoiy nomidagi Katta teatrda 2022-yil 19-apreldan 29-aprelgacha boʻlib oʻtadigan “Toshkent bahori” VI Xalqaro opera va balet sanʼati festivali spektakllarini tomosha qilishga taklif etiladi.

27 марта 2022

Галерея

Театр кассаси: (+99871) 233-90-81, 232-19-48
Бош маъмур: (+99871) 233-33-36
Директорнинг томошабинлар бўйича ўринбосари: (+99871) 233-32-21
Театр манзили: 100029, Ўзбекистон, Тошкент ш., Зарафшон кўч., 28
Тел./факс: (+99871) 233-35-28, E-mail: info@gabt.uz, gabtuzb@mail.ru

Facebook: https://www.facebook.com/gabtnavoi/
Telegram: https://t.me/gabtuzb
Instagram: https://instagram.com/gabt.uz