PREM'ERA K.Hachaturyan "Oppog'oy va etti mittivoylar"

23 sentyabr soat 11:00 da K.Xachaturyanning "Oppog'oy va etti mittivoylar" baletiga taklif qilamiz.
B.Myagkov librettosi va aka-uka Grimmlar ertegi asosida "Oppog'oy va etti mativoylar" baleti.

Uzoq tarix davomida "Oppog'oy va etti mittivoylar" baleti turli teatrlarda, turli xoreograflar va rejissyorlar tomonidan sahnalashtirilgan.
Teatrning stajor baleytmesteri Ravshan Chariev Milliy raqs va xoreografiya Oliy maktabi "baleytmester - rejissor" kafedrasining bitiruvchsi, diplom ishi sifatida baletning o'zining xoreografik versiyasini qo'ydi.  
Namoyish uning dinamikligi, sahna ko'rinishini yorqinligini video proyektsiyasidan foydalanganligi bilan ajralib turadi, bu esa tomoshabinni ajoyib, qiziqarli dunyoga keltiradi.
Yomon sehrgar (o'gay ona) tomonidan ta'qib qilinayotgan, kulgili va yoqimli mittivoylarning ertak uyida sehrli o'rmonda yashaydigan go'zal Oppog'oy hikoyasi bolalar va kattalar uchun ajoyib sovg'a bo'ladi.

Sahnalashtiruvchi guruh:

Musiqiy direktori va dirijyor - Qoraqalpog'iston xalq artisti Aida Abdullaeva;

Sahnalashtiruvch - Baleytmester   - Ravshan Chariev

Sahnalashtiruvch - Rassom    - Zubaydullo Botirov

Liboslar bo'yicha dizayner -   Lobar Palvanova

Bosh rol ijrochisi - Oppog'oy - Elmira Yusupova, Qirolicha - Anastasiya Kistanova, Shahzoda - Doston Turgunov

14 сентября 2018

Галерея

Театр кассаси: (+99871) 233-90-81, 232-19-48
Бош маъмур: (+99871) 233-33-36
Директорнинг томошабинлар бўйича ўринбосари: (+99871) 233-32-21
Театр манзили: 100029, Ўзбекистон, Тошкент ш., Зарафшон кўч., 28
Тел./факс: (+99871) 233-35-28, E-mail: info@gabt.uz, gabtuzb@mail.ru

Facebook: https://www.facebook.com/gabtnavoi/
Telegram: https://t.me/gabtuzb
Instagram: https://instagram.com/gabt.uz