Taklif etilgan mehmonlar

Zaklinskaya Anastasiya Konstantinovna, 1993-yil 1-iyulda tug‘ilgan. 2004 – 2013-yillarda Sankt-Peterburg shahridagi A.Ya. Vaganova nomli R.B.A.da professor L.V. Kovalevadan saboq olgan. 2013 – 2015-yillarda Mariinsk Teatrida ishlagan.
2015-yildan bugunga qadar Ostona Opera teatrida balet yakkaxon xonandasi sifatida ishlab kelmoqda. Ostona Opera teatri repertuarida yetakchi partiyalarni ijro etadi, boshqa jahon sahnalarida ham taklif etilgan artist sifatida ishtirok etib keladi.
Repertuari:
Ko‘cha raqqosasi, Driadalar hukmdori – «Don Kixot» baleti
Zubayda – «Shahrizoda» baleti
Soyalar uchligi, Granpa, Nikiya – «Bayaderka» baleti
7-vals, Prelyud –«Shopeniana» baleti
Zarema – «Bog‘chasaroy favvorasi» baleti
Jizel – «Jizel» baleti
Muza – «Dasht chaqirig‘i» baleti
«Xayoliy bal» baletidan duet
«Raymonda» baletidan gran pa
«Romeo va Julyetta» baletidan duet
«Leda va Oqqush» dueti
Masha – «Shchelkunchik» baleti
«Dvorjak ohangi» dueti


Nakispekov Serik Jakanuli 1992-yil 12-avgustda Almati viloyatida tug‘ilgan. 2003 – 2011-yillarda A.V. Seleznyov nomidagi Almati xoreografiya bilim yurtida ta’lim oldi. 2011 – 2012-yillarda Sankt-Peterburgdagi A.Ya. Vaganova nomidagi Rus baleti akademiyasida malaka oshirgan. 2015-2018-yy. «Janubiy Ural davlat gumanitar-pedagogik universiteti» Federal davlat oliy ta’lim byudjet muassasasida o‘qigan – bakalavr. 2012 – 2013-yillarda Abay nomidagi Davlat Akademik opera va balet teatrida ishlagan. 2013-yilda Yekaterinburgdagi opera va balet teatrida faoliyat ko‘rsatgan. Ko‘pgina xalqaro balet tanlovlarida ishtirok etgan.
Mukofotlar: quyidagi tanlovlar diplomanti – KIBC (Koreya, Seul sh.), Sibir tanlovi (Rossiya, Novosibirsk sh.), VKIBC (Amerika, Nyu-York sh.), Moskvadagi balet artistlari Xalqaro tanlovi (Bolshoy teatr), Arabesk (Perm); quyidagi tanlovlarning 3-mukofoti sovrindori – Orleu (Qozog‘iston, Almati sh.), VKIBC (Nyu-York); quyidagi tanlovlarning 2-mukofoti sovrindori – Fuete Arteka (Ukraina), Shabit (Qozog‘iston, Ostona sh.), Sibir Gran-Prisi (Krasnoyarsk); quyidagi tanlovlarning 1-mukofoti sovrindori – Orleu (Qozog‘iston, Almati sh.), Tanzolymp (Germaniya, Berlin sh.), Bayterek (Qozog‘iston, Ostona).
"QR Birinchi Prezidenti jamg‘armasi sovrindori" unvoni sohibi.
Georgiy Zorichning "Texnika sofligi va ijroning artistizmi uchun" maxsus mukofoti sohibi.
2013-yildan hozirga qadar Ostona Opera teatrida balet yakkaxon ijrochisi sifatida ishlaydi. Ostona Opera teatri repertuarida va boshqa jahon sahnalarida taklif etilgan artist sifatida yetakchi partiyalarni ijro etadi.
Repertuari: Madrigal baleti xor. Nacho Duato, Shchelkunchik (Shahzoda, ispancha raqs), Merkutsio (Romeo va Julyetta), Nurali (Bog‘chasaroy favvorasi), Masxaraboz (Oqqush ko‘li), Pa-de-trua (Oqqush ko‘li), Ko‘k qush (Uyqudagi go‘zal), Oltin ilohcha (Bayaderka), Klod Frollo (Notr Dam ibodatxonasi xor. Rolan Peti), Kvazimodo (Notr Dam ibodatxonasi xor. Rolan Peti), Cho‘ponlar uchligi (Spartak), Gladiator (Spartak), Spartak (Spartak), Lankedem (Korsar), kiritilgan pa-de-de (Jizel), Lesko (Manon), Bazil (Don Kixot), Oltin qul (Shahrizoda), Shaman (Dasht chaqirig‘i), Kasallik (Betxoven), Vaqt (Hozir qancha davom etadi) va boshqalar.



Kamoliddin Turdimuratovich Urinbayev 1985-yilda tug‘ilgan. Toshkentdagi R. Glier nomidagi RIMALni tugatgan. 2007-yilda O‘zbekiston davlat konservatoriyasini “Xalq cholg‘ularida ijrochilik” yo‘nalishida tugatgan. 2009-yilda esa magistr darajasini olgan. O‘zining musiqiy faoliyatini F. R. Abdurahimova ustozligidagi “So‘g‘diyona” xalq cholg‘ulari kamer orkestrida boshlagan.
 “Buyuk ipak yo‘li” (Janubiy Koreya), “Новые имена” (“Yangi nomlar”) (Rossiya), “Спиваков приглашает друзей” (“Spivakov do‘stlarni chorlaydi”) (Rossiya), O‘zbekiston madaniyat kunlari (Qozog‘iston), Yosh dirijyorlar Xalqaro forumi (Germaniya) va b. ko‘plab xalqaro festival va tanlovlar ishtirokchisi. 1998-yilgi Qirg‘izistondagi Xalqaro musiqiy festival laureati.
 2007-yilda Osiya-Tinch okeani hududi “Байкальский кубок” (“Baykal kubogi”) (Rossiya) II Xalqaro tanlovida I darajali diplom bilan, 2009-yilda klassik musiqa ijrochilarining “Восходящие звезды в Кремле” (“Yuqorilayotgan yulduzlar Kremlda”) (Rossiya) Xalqaro festivalining diplomi bilan taqdirlangan.
2009-yilda P. I. Chaykovskiy nomidagi Moskva davlat konservatoriyasining “Opera-simfonik dirijyorlik” yo‘nalishiga o‘qishga kirdi (SSSR Xalq artisti G. Rojdestvenskiy sinfi).
 Brandenburg simfonik orkestri, Rossiya davlat akademik simfonik kapellasi, Ukraina davlat simfonik orkestri va O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri kabi jamoalar bilan ishlagan. Shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik teatri opera dirijyori bo‘lib ishlagan (O‘zbekiston); Betxovenning “Fidelio” operasining zamonaviy sahnalashtirilishiga rahbarlik qilgan (rejissyor G. Dmitriyev).
 Kamoliddin Urinbayev tashabbusi bilan 2014-yilda O‘zbekiston Yoshlar simfonik orkestri yaratildi, 2020-yilda esa u O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori bilan O‘zbekiston davlat simfonik orkestriga aylantirildi. Hozirgi kungacha u jamoaning badiiy rahbari va bosh dirijyori hisoblanadi.
2014-yilda “Yoshlik bahori” festivalining musiqiy rahbari va dirijyori bo‘ldi. O‘sha yili “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni bilan taqdirlandi.
2020-yili O‘zbekiston davlat konservatoriyasining rektori etib tayinlandi.
Kamoliddin Urinbayev nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijda ham qizg‘in faoliyat olib boradi. Uning rahbarligida O‘zbekiston davlat simfonik orkestri dunyoning turli mamlakatlaridagi musiqiy tadbirlarda chiqishlar qilgan: Rossiya, Quvayt, Qozog‘iston, AQSH, Latviya, Gruziya va b.
Nafaqat ijodiy, balki ilmiy faoliyatni ham faol olib boradi: hozirgi vaqtda “Forobiy asarlarining o‘zbek milliy musiqa san’ati rivojidagi o‘rni” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi himoyasiga tayyorlanmoqda.
Mukofotlar:
“O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni (2014)
O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist (2014)
Guliston davlat universiteti faxriy professori (2021)
Qozog‘iston milliy san’at universiteti faxriy professori (2021)
“Mehnat shuhrati” ordeni (2021)

18 апреля 2022

Галерея

Театр кассаси: (+99871) 233-90-81, 232-19-48
Бош маъмур: (+99871) 233-33-36
Директорнинг томошабинлар бўйича ўринбосари: (+99871) 233-32-21
Театр манзили: 100029, Ўзбекистон, Тошкент ш., Зарафшон кўч., 28
Тел./факс: (+99871) 233-35-28, E-mail: info@gabt.uz, gabtuzb@mail.ru

Facebook: https://www.facebook.com/gabtnavoi/
Telegram: https://t.me/gabtuzb
Instagram: https://instagram.com/gabt.uz