 
	Mixail Sinkevich Moskvada tug‘ilgan. 1987-yilda Belorussiya davlat konservatoriyasi qoshidagi o‘rta maxsus musiqa maktabini tamomlab, N.A. Rimskiy-Korsakov nomidagi Leningrad davlat konservatoriyasining dirijyorlik-xor bo‘limiga qabul qilingan. 1990-yilda ta’limni opera-simfonik dirijyorlik bo‘limida davom ettirdi va uni 1994-yilda tamomladi (Rossiya xalq artisti, professor Ilya Musin sinfi).
Talabalik davridayoq Mixail Sinkevich Sankt-Peterburg konservatoriyasi Opera va balet teatri hamda «Zazerkalye» Davlat bolalar musiqiy teatrida ishlagan. Belarus Respublikasi Davlat akademik simfonik orkestridagi debyutidan so‘ng 1994-yilda Belarus Respublikasi Milliy akademik opera va balet Katta teatriga taklif etilgan. 1997-yildan 1999-yilga qadar – Belarus Davlat akademik musiqiy teatri bosh dirijyori. 2003-yildan 2006-yilgacha – «Sankt-Peterburg Kamerata» simfonik orkestri bosh taklif etilgan dirijyori.
2000-yilda maestro Gergiyev taklifiga binoan Mixail Sinkevich Mariinsk teatri dirijyori bo‘ldi va qariyb o‘n yil davomida badiiy rahbar – opera truppasi bo‘yicha direktorning o‘rinbosari lavozimida ham ishladi. Uning Mariinsk teatridagi repertuari «Pskovlik juvon», «Shoh kelinchagi», «Ko‘rinmas Kitej shahri va go‘zal Fevroniya haqida rivoyat», «Shoh uchun hayot», «Ruslan va Lyudmila», «Knyaz Igor», «Boris Godunov», «Xovanshchina», «Yevgeniy Onegin», «Mazepa», «Pikovaya dama», «Iolanta», «Sadko», «Msensk uyezdining Makbet xonimi», «Semyon Kotko», «Figaroning uylanishi», «Sehrli fleyta», «Lyuchiya di Lammermur», «Bal-maskarad», «Traviata», «Rigoletto», «Makbet», «Taqdir kuchi», «Don Karlos», «Trubadur», «Aida», «Batterflay xonim», «Turandot», «Karmen», «Reyn oltini», «Valkiriya», «Uchar gollandiyalik», «Loengrin», «Plashch», «Anjelika opa», «Janni Skikki», «Payasi», «Adriana Lekuvryor», «Salomeya», «Otello», «O‘yinchi», «Enufa», «Muhabbat sharobi», «Nabukko», «Monastirda o‘qilgan nikoh» operalarini, Shuningdek deyarli barcha mumtoz balet spektakllarini o‘z ichiga oladi.
Mariinsk teatrining yosh opera xonandalari Akademiyasi bilan hamkorlikda Mariinsk teatri Konsert zali sahnasida Bizening «Marvarid axtaruvchilar», Jordanoning «Sibir» va «Fedora», Massnening «Zolushka» va «Kleopatra», Dargomijskiyning «Esmeralda», Raxmaninovning «Francheska da Rimini», Shostakovichning «O‘yinchilar», Dzerjinskiyning «Grigoriy Melexov», Vaynbergning «Qutlaymiz» (Rossiyadagi premyerasi), A. Chaykovskiyning «Shohmot qiroli» operalarini tayyorladi va konsert ijrolarini o‘tkazdi.
Mariinsk teatri va Konsert zalida teatrning yetakchi yakkaxon xonandalari ishtirokidagi konsertlarga doim dirijyorlik qiladi. Mariinsk teatri opera va balet truppasi bilan dunyoning turli mamlakatlarida gastrollarda bo‘ladi, Metropoliten-opera, Kovent-Garden Qirollik opera teatri, Festshpilxaus (Baden-Baden), Los-Anjeles, Vashington, Zalsburg va Melburn festivallarida chiqishlar qilgan. Rossiyadagi (Bolshoy teatr, Novosibirsk, Perm, Qozon opera teatrlari) va xorijdagi – Belarus, Germaniya, Xorvatiya va boshqa ko‘plab mamlakatlardagi opera teatrlari bilan hamkorlik qiladi.
2013-yildan Kareliya Respublikasi (Petrozavodsk) Musiqa teatrida bosh dirijyor lavozimini egallab turibdi va u yerda musiqiy rahbar hamda dirijyor sifatida «Pikovaya dama», «Iolanta», «Qishloq sharafi», «Muhabbat sharobi», «Sevilya sartaroshi», «Sehrli fleyta» spektakllarini sahnaga olib chiqdi.
2009-yilda Mixail Sinkevich Yangi milliy teatr (Tokio)da debyut chiqishi bilan Yaponiyada ilk marotaba Dmitriy Shostakovich qalamiga mansub «Msensk uyezdining Makbet xonimi» operasini ijro etdi. 2012-yilda Vagner jamg‘armasi (Germaniya) bilan hamdo‘stlikda Donetskda sahnalashtiruvchi dirijyor sifatida «Uchar gollandiyalik» operasi premyerasini amalga oshirdi; keyin mazkur spektakl Kiyev, Lvov va Odessada, shuningdek Germaniyadagi gastrollarda muvaffaqiyat bilan ijro etildi.
Uzoq yillar Zagrebdagi Xorvatiya milliy teatri bilan hamkorlik qildi, u yerda Chaykovskiyning «Mazepa» (2010) va Verdining «Trubadur» (2011) premyeralarini o‘tkazdi, shuningdek «Bal-maskarad», «Karmen», «Rigoletto», «Enufa» (2015) va boshqa operalarda dirijyor bo‘ldi. Sinkevichning xorijdagi so‘nggi yillarda qilgan chiqishlari orasida Pragada «Yevgeniy Onegin»ning konsert ijrosi va «Nabukko»ning Sofiya Milliy operasidagi Yangidan sahnalashtirilishi (2016) alohida e’tirofga sazovor. L.P. Aleksandrovskaya nomidagi Vokalchilar Xalqaro tanlovi (Minsk, 2012) va N.A. Rimskiy-Korsakov nomidagi Yosh opera xonandalari Xalqaro tanlovi (Tixvin – Sankt-Peterburg, 2016) jyuri a’zosi va dirijyori. 2017-yil sentyabrida Yelena Obrazsova Yosh opera xonandalari Xalqaro tanlovi final bosqichida orkestrga, 2019-yil iyul oyida esa P.I. Chaykovskiy nomidagi XVI Xalqaro tanlovning final bosqichida “yakkaxon ijro” mutaxassisligi bo‘yicha Mariinsk teatri simfonik orkestriga dirijyorlik qilgan.
MARIYA BAYANKINA
Soprano
Mariinsk teatri yakkaxon xonandasi
2021-yil xonanda uchun voqealarga juda boy bo‘ldi – Mariyaning bosh partiyalardagi muvaffaqiyatli debyutlari bo‘lib o‘tdi: I.Shtrausning «Ko‘rsichqon» operettasi namunaviy spektaklida Rozalinda, J.Offenbaxning «Gofman ertaklari» operasida Julyetta, P.I.Chaykovskiyning «Orleanlik sohibjamol» namunaviy spektaklida Agnesa Sorel; Bolshoy teatrda (Moskva) M. Vaynbergning «Telba» operasida Nastasya Filippovna rolida; mart oyida Sankt-Peterburg davlat filarmoniyasida (Kichik zal) Chaykovskiy va Raxmaninov romanslaridan iborat dastur bilan yakkaxon konsert bo‘lib o‘tdi (sentyabr oyida ReachSound.Art leyblida ushbu dasturni o‘z ichiga olgan debyut albomi chiqarildi), iyul oyida Verbeda bo‘lib o‘tgan festivalda konsert.
2019-2020-yillar mavsumi xonanda uchun xalqaro ahamiyatga ega salmoqli voqealarga boy bo‘ldi: Konsertgebauda Raxmaninov operasining konsert ijosida Francheski da Rimini partiyasi debyuti (2019-yil sentyabr, Amsterdam, dirijyor – Stanislav Kochanovskiy), Bolshoy teatrda Vaynbergning «Telba» operasida Nastasya Filippovnaning partiyasi debyuti (2019-yil noyabr, Moskva), Rim operasida Chaykovskiyning «Yevgeniy Onegin» asarida Tatyana Larina rolida (2020-yil fevral-mart, dirijyor – Jeyms Konlon). Valeriy Gergiyev rahbarligi ostidagi Mariinsk teatri opera truppasi bilan birga Mariya Bayankina jamoaning Osiyo mamlakatlari bo‘ylab katta safarida ishtirok etdi va Xitoyning ulkan NCPA va Yaponiyaning Santori Xoll konsert zallarida Chaykovskiyning «Mazepa» operasida Mariya partiyasini ijro etdi (2019-yil noyabr). Ushbu mavsumda Mariinsk teatrida xonandaning ikkita betakror debyuti bo‘lib o‘tdi – Rimskiy-Korsakovning «Ko‘rinmas Kitej shahri va go‘zal Fevroniya haqida rivoyat» operasida Fevroniya partiyasi va Prokofyevning teatr sahnasiga qaytarilgan “Olovli farishta” operasi afsonaviy sahnalashtirilishida Renata partiyasi.
2018-19-yillar mavsumi Mariya Bayankinaning Chaykovskiy qalamiga mansub «Mazepa» asarida salmoqli debyut ishlari (Mariya, dirijyor – Valeriy Gergiyev, spektakl MEZZO xalqaro telekanali orqali translyasiya qilindi), shuningdek, Puchchinining «G‘arblik qizlar» asari premyerasidagi o‘ta murakkab Minni partiyasi debyuti bilan (dirijyor – Valeriy Gergiyev) yorqin iz qoldirdi. Gamburgda, Marta Argerix Festivalida xonanda Stravinskiyning «Mo‘jaz to‘y» asarida yakkaxon ijroni amalga oshirdi (dirijyor – Sharl Dyutua).
Mariya Mariinsk teatrida 2013-yilda Verdining «Traviata» operasida Violetta partiyasini Valeriy Gergiyev rahbarligi ostida ijro etib, debyut chiqishini amalga oshirdi. Xonanda karyerasining ahamiyatga molik zarvaraqlari sifatida Chaykovskiyning «Yevgeniy Onegin» asari (rejissyor – Aleksey Stepanyuk, dirijyor – Valeriy Gergiyev, 2014-yil) va Vaynbergning «Telba» asari (rejissyor – Aleksey Stepanyuk, dirijyor – Tomas Zanderling, 2016-yil) namunali ijrosidagi asosiy partiyalarni keltirib o‘tish mumkin.
Xonandaning Mariinsk teatridagi repertuari quyidagi soprano partiyalarini o‘z ichiga oladi: Violetta Valeri («Traviata»), Tatyana Larina («Yevgeniy Onegin»), Grafinya («Figaroning uylanishi»), Minni («G‘arblik qiz»), Fevroniya «Ko‘rinmas Kitej shahri va go‘zal Fevroniya haqida rivoyat»), Renata («Olovli farishta»), Egachi Nastasya («Afsungar ayol»), Agnesa Sorel («Orleanlik sohibjamol»), Aida («Aida»), Rozalinda («Ko‘rshapalak»), Iolanta («Iolanta»), Nastasya Filippovna («Telba»), Korinna («Reymsga sayohat»), Suv parisi («Suv parisi»), Volxova («Sadko»), Donna Anna («Tosh mehmon»), Militrisa («Shoh Sulton haqida ertak»), Kupava («Qorqiz»).
2011-2019-yillarda Mariinsk teatri Yosh opera xonandalari Akademiyasi xonandasi bo‘lgan. Akademiyaning Larisa Gergiyeva rahbarligi ostidagi konsertlarida Yevropaning eng yirik sahnalari – Milan, Rim, Bari, Stokgolm, Venetsiya, Vena, Kann, London va boshqalarda chiqishlar qilgan.
Moskva Pasxa festivali, «Oq tun yulduzlari» festivali, Denis Matsuyevning «Yulduzlar Baykalda», «Krechshendo», «Denis Matsuyev va do‘stlari» festivallarida ishtirok etadi.
Mariinsk teatri va maestro Gergiyev bilan Yaponiyada («Yevgeniy Onegin»da Tatyana, 2016-yil), Neapolda ( «Afsungar ayol»da Egachi Nastasya, 2017-yil), Baden-Badenda («Yevgeniy Onegin»da Tatyana va Raxmaninovning «Qo‘ng‘iroqlar»ida soprano partiyasi, 2017-yil) chiqishlar qilgan.
Gnesinlar nomidagi Rossiya musiqa Akademiyasi bitiruvchisi (Yevgeniya Sheveleva sinfi).
Competizione dell’Opera xalqaro tanlovi (Toshkent, 2014-y.; III mukofot), I Butunrossiya yosh vokalchilar «Musiqiy teatr kelajagi» tanlovi (Omsk, 2012-y.; I mukofot), Nadejda Obuxova nomidagi Butunrossiya yosh vokalchilar tanlovi (Lipetsk, 2012-y.; III mukofot), M.D. Mixaylov xotirasiga atab Yosh opera xonandalari I xalqaro tanlovi (Cheboksari, 2010-y.; III mukofot) sovrindori.
Sayfullo Yusupov.
Tojikiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist
Yetakchi sahna ustasi
Xalqaro tanlovlar sovrindori
S. Ayniy nomidagi Tojikiston davlat akademik opera va balet teatri.
1992-yilda M. Tursunzoda nomidagi Tojikiston davlat san’at instituti yakkaxon ijro bo‘limining SSSR xalq artisti Xanifa Mavlonova sinfini tamomlagan.
1992-yildan S. Ayniy nomidagi Tojikiston davlat akademik opera va balet teatri operasi yakkaxon xonandasi. Opera va konsert dasturi bilan quyidagi mamlakatlarda gastrolda bo‘lgan: Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Ozarbayjon, Fransiya, Turkiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston. Teatrdagi mehnat faoliyati davomida quyidagi opera partiyalarini ijro etgan:
Jermon (Traviata), Eskamilyo (Karmen), Graf di Luna (Trubadur), Amonasro (Aida), Tonio (Payasi), Skarpia (Toska), Onegin, Gremin (Yevgeniy Onegin), Tomskiy (Pikovaya Dama), Igor (Knyaz Igor), Aleko (Aleko).
S. Ayniy nomidagi Tojikiston davlat akademik opera va balet teatri badiiy rahbari.
18 апреля 2022

 
		Театр кассаси: (+99871) 232-19-48
 Бош маъмур: (+99871) 233-33-36
 Директорнинг томошабинлар бўйича ўринбосари: (+99871) 233-32-21
 Театр манзили: 100029, Ўзбекистон, Тошкент ш., Зарафшон кўч., 28
 Тел./факс: (+99871) 233-35-28, E-mail: info@gabt.uz, gabtuzb@mail.ru
Facebook: https://www.facebook.com/gabtnavoi/
Telegram: https://t.me/gabtuzb
Instagram: https://instagram.com/gabt.uz