O‘zbekistonda ilk marotaba Sergey Poluninning “Satori” shou-dasturi @poluninink

 

2022-yilning 19-20-mart kunlari, Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik Katta teatri sahnasida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi @acdfuz tomonidan mohir va taniqli raqqos Sergey Polunin boshchiligidagi mashhur “Satori” baleti premyerasi bo‘lib o‘tadi.

“Satori” atamasi yapon tilidan olingan bo‘lib, “Dzen” – ya’ni, faqatgina o‘z hayotiy tajribalari asosida shakllantirish mumkin bo‘lgan buddizm ma’rifatini anglatadi.

“Satori” shou-dasturi ko‘p jihatdan biografik sahna asari bo‘lib, Sergey Poluninning ijodiy yo‘li haqida hikoya qiladi, buning natijasida u raqsga bo‘lgan muhabbatini anglaydi va hayot mazmunini topadi. Shuningdek, Poluninning ushbu dasturida iqtidorli xorijiy raqqoslar guruhi ishtirok etadi.

Mashhur raqqosning hayot yo‘li hamda shaxsining rivojlanib borishini sahnalashtirish g‘oyasi “Cirque du Soleil” (Sirk dyu Soley) rejissyori – Gabriel Marsel del Vekkioga tegishli. Asar ssenografi esa, Devid Lashapeldir. “Satori” shou-baletining jahon premyerasi 2017-yilning dekabr oyida London Kolizeyida bo‘lib o‘tdi hamda tomoshabinlar va tanqidchilar tomonidan ijobiy kutib olindi.

Chiptalarni iticket.uz saytidan sotib olish mumkin.

2 февраля 2022

Галерея

Театр кассаси: (+99871) 233-90-81, 232-19-48
Бош маъмур: (+99871) 233-33-36
Директорнинг томошабинлар бўйича ўринбосари: (+99871) 233-32-21
Театр манзили: 100029, Ўзбекистон, Тошкент ш., Зарафшон кўч., 28
Тел./факс: (+99871) 233-35-28, E-mail: info@gabt.uz, gabtuzb@mail.ru

Facebook: https://www.facebook.com/gabtnavoi/
Telegram: https://t.me/gabtuzb
Instagram: https://instagram.com/gabt.uz