Baletmeyster saxnalashtiruvchilarning respublika ko'rik-tanlovi

Baletmeysterlik ishlari tanlovi

                 Umumiy qoidalar

Baletmeysterlik ishlari tanlovi (bundan buyon – Tanlov) mamlakatda opera va balet san’atini yanada rivojlantirish doirasida, A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat Akademik opera va balet Katta Teatri faoliyatini takomillashtirish, uni Jahon san’ati ichra targ‘ib qilish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26-maydagi PF-600-sonli Farmoni asosida o‘tkaziladi.

               Tanlov ta’sischilari

  • O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi
  • A.Navoiy nomidagi Davlat Akademik Katta Teatri

Tanlovni o‘tkazish joyiA.Navoy nomidagi DAKT

                 Maqsad va vazifalar

  • Tanlovdan maqsad: xoreografiya san’atining eng ilg‘or an’analarini saqlab qolish va rivojlantirish.
  • Tanlovning vazifalari:

· yosh sahnalashtiruvchilar va baletmeysterlarni aniqlash va ijodiy qo‘llab-quvvatlash;

· estetik tarbiya, madaniy ong darajasini oshirish, yosh sahnalashtiruvchilar va baletmeysterlarni shaxsiy rivojlantirish, ijtimoiy faol shaxsni shakllantirish;

· yosh xoreograflarning ijodiy loyihalarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

· yosh sahnalashtiruvchilar va baletmeysterlarning kasb mahoratini oshirish, xoreografik ijrochilikni takomillashtirish;

· ijodiy tajriba almashish, MDH mamlakatlari xoreografik jamoalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash;

· yoshlarning ijodiyotini qo‘llab-quvvatlash, mumtoz, zamonaviy xoreografiya va milliy raqsni rivojlantirishni tashkillashtirish.

 Arizaga quyidagi hujjatlar va materiallar ilova qilinadi:

- ariza

- pasport (kserokopiya)

- xoreografik ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat (kserokopiya)

- ijodiy biografiya

- chiqish (libretto)ning nomlanishi, bastakor va chiqishning qisqacha mazmuni albatta ko‘rsatilgan holda bosqichlar bo‘yicha baletmeysterlik ishlarining dasturi, yorug‘lik partiturasi, ijrochilar. 6 nusxada

Arizani to‘ldirishda e’tibor qarating ***

- yaxshi sifatli bir dona badiiy fotosurat (portretli) (o‘lchami: kamida 1 MB, yechimi 300 dpi) o‘lchami bosma holda 10/15, va raqamli shaklda. 

- faylli papka.

- MR3 flesh-sig‘imda fonogramma. Chiqishning nomlanishi va ishtirokchi baletmeysterining F.I.Sh.

          1-bosqich

zamonaviy xoreografiya, mumtoz raqs, xalqona-sahnabop raqs, milliy raqs, muayyan uslubga solingan raqsning har qanday uslubidagi chiqishlar (2- va 3-bosqichlar dasturiga kiritilmagan)

          2-bosqich

Mumtoz raqs, tarixiy-maishiy raqs uslubidagi hamda zamonaviy xoreografiya va milliy xoreografiyaning har qanday uslubidagi Adagio, Pas de deux, Trio (Pas de trois), Pas de quatre.

          3-bosqich

Har qanday xoreografik uslubdagi baletning kichik shakli.

1-bosqichda chiqishlarning davomiyligi:

- yakkaxon chiqish – ko‘pi bilan 4 daqiqa

- duet chiqishi – ko‘pi bilan 5 daqiqa

- trio – ko‘pi bilan 7 daqiqa

2-bosqichda chiqishlarning davomiyligi:

- Adagio – ko‘pi bilan 7 daqiqa

- Pas de deux – ko‘pi bilan 7 daqiqa

- Trio (Pas de trois) – ko‘pi bilan 8 daqiqa

- Pas de quatre – ko‘pi bilan 10 daqiqa

3-bosqichda chiqishlarning davomiyligi:

Har qanday xoreografik uslubdagi baletning kichik shakli ko‘pi bilan 15 daqiqa.

Tanlovni o‘tkazish vaqti va joyi

O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Zarafshon ko‘ch., 28.

A. Navoiy nomidagi Davlat Akademik Katta Teatri

2022-y. 26 iyundan 30 iyungacha 

Qur’a tashlash – sanasi va vaqti

Arizalar 2022-y. 25 iyungacha qabul qilinadi

Tashkiliy qo‘mita boshlig‘iga – gabtuzb@mail.ru  

Hakamlar hay’ati tarkibi

Hakamlar hay’ati tarkibiO‘zbekiston Respublikasining xoreografiya, rejissura, teatrsan’atisohasidagi yetakchi mutaxassislari hisobidan shakllantiriladi.

Hakamlar hay’ati baletmeysterlik ishlarini yopiq majlisda bayonnoma rasmiylashtirish orqali baholaydi.

Baholash mezonlari
- musiqiy va xoreografik dramaturgiya birligi;
- o‘ylanma va yechimning o‘ziga xosligi;
- sahnani bezash;
- ijro mahorati;
- «bolalar xoreografiyasi» uchun – raqs texnikasi, leksika, raqs;
- raqs turlari, janrlarning sofligi;
- «Leksika» – raqsning ifodali vositalari o‘ziga xosligi uchun;        
- «Kompozitsiya» – kompozitsion yechimning o‘ziga xosligi uchun;        
- «Rejissura» – rejissyorlik yechimining o‘ziga xosligi uchun;
- «Libos» – sahna libosining o‘ziga xosligi uchun.

- hakamlar hay’ati har bir a’zosidan 1dan 10 ballgacha.

Hakamlar hay’ati quyidagi huquqlarga ega:

Hamma mukofotlar bilan ham taqdirlamaslik;

Mukofotlarni baletmeysterlar o‘rtasida taqsimlash;

Sovrindor bo‘la olmagan yakuniy bosqich ishtirokchilariga diplomant unvonlarini berish.

Tanlov ishtirokchilarini maxsus mukofotlar va sovg‘alar bilan taqdirlash.

Hakamlar hay’ati qarorlari yakuniy va qayta ko‘rib chiqilmaydi.

                 Mukofotlar va unvonlar

Hakamlar hay’ati quyidagi mukofotlar va diplomlarni beradi:

Birinchi mukofot – 10 800 000 so‘m va sovrindor unvoni

Ikkinchi mukofot  – 8 100 000 so‘m va sovrindor unvoni

Uchinchi mukofot  – 5 400 000 so‘m va sovrindor unvoni

 Uchta diplom sohibi

Hakamlar hay’ati tarkibi.

1.     Ahmedov Sh. - Xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi

 Muqimiy teatrining xoreografi

2.     Raqs akademiyasi xoreografiya kafedrasi professorSSSR xalq artisti B.R. Qoriyeva

3.     «O‘zbekistoansambli bosh baletmeysteri O‘zbekiston xalq artisti K.T.Mo‘minov

4.     Musiqiy komediya (Operetta) teatri bosh baletmeysterO‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist F.A. Isayeva

5.     Tanlovning mas’ul kotibi Kasaba uyushmasi qo‘mitasi Raisi,O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist V.A. Yegay

2 июня 2022

Галерея

Театр кассаси: (+99871) 233-90-81, 232-19-48
Бош маъмур: (+99871) 233-33-36
Директорнинг томошабинлар бўйича ўринбосари: (+99871) 233-32-21
Театр манзили: 100029, Ўзбекистон, Тошкент ш., Зарафшон кўч., 28
Тел./факс: (+99871) 233-35-28, E-mail: info@gabt.uz, gabtuzb@mail.ru

Facebook: https://www.facebook.com/gabtnavoi/
Telegram: https://t.me/gabtuzb
Instagram: https://instagram.com/gabt.uz